Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 446
  • Ko`rib chiqilganlar 411
    • Takliflar 57
    • Arizalar 346
    • Shikoyatlar 43
  • Ko`rib chiqilmoqda 35

FAVQULODDA VAZIYATLARDA – OGOHLIK VA TEZKORLIK

16:38, 17.09.2025      

Har bir fuqaroning favqulodda vaziyatlarga tayyor bo‘lishi – umumiy xavfsizlikning eng asosiy kafolatidir!

Farg‘ona davlat universitetida favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlikni kuchaytirish va tezkor harakat ko‘nikmalarini mustahkamlash maqsadida keng qamrovli o‘quv-amaliy mashg‘ulot tashkil etildi.

Mazkur mashqda Farg‘ona viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, FVVga qarashli mutasaddi xizmatlar, tegishli korxona va tashkilotlar, shuningdek, universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar faol ishtirok etdilar.

Mashg‘ulot ssenariysiga ko‘ra, zilzila oqibatida yong‘in yuzaga keladi. Ushbu holatda universitet binosida bo‘lgan fuqarolarni xavfsiz joyga evakuatsiya qilish, yong‘inni bartaraf etish, jarohat olganlarga tezkor tibbiy yordam ko‘rsatish kabi amaliy harakatlar bajarildi. Har bir ishtirokchi o‘ziga biriktirilgan vazifani mas’uliyat bilan bajargani ushbu tadbirning real sharoitda o‘tkazilganini yana bir bor isbotladi.

Tadbir davomida mutaxassislar tomonidan tushuntirish ishlari olib borilib, favqulodda holatlarda harakatlanish tartibi, xavfsizlik qoidalari, birinchi yordam ko‘rsatish bo‘yicha zarur ko‘nikmalar berildi.

"Favqulodda vaziyatlarda eng kichik xatolik ham katta yo‘qotishlarga sabab bo‘lishi mumkin. Bunday mashg‘ulotlar esa fuqarolarni ogohlikka, hushyorlikka va tezkor qaror qabul qilishga o‘rgatadi", – deya ta’kidlandi mashg‘ulot yakunida.

Bu kabi amaliy mashqlar mamlakatimizda xavfsizlikni ta’minlash, favqulodda vaziyatlarga tayyorlik bo‘yicha amalga oshirilayotgan izchil siyosatning amaliy ifodasi bo‘lib, yoshlarni sog‘lom, ogoh va mas’uliyatli etib tarbiyalashda muhim o‘rin egallaydi.