Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 465
  • Ko`rib chiqilganlar 429
    • Takliflar 59
    • Arizalar 361
    • Shikoyatlar 45
  • Ko`rib chiqilmoqda 36

Rektor va yoshlar uchrashuvi ochiq va samimiy ruhda bo‘lib o‘tdi

15:46, 19.09.2025      

Bugun universitetning katta faollar zalida oliygoh rektori, professor Bahodirjon Shermuhammadov Tabiiy fanlar fakultetlarining 1-bosqich talabalari bilan ochiq muloqot uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Ochiq va samimiy ruhda o‘tgan uchrashuvda Rektor universitetdagi mutaxassisliklarining jamiyatdagi o‘rni, soha vakillari mas’uliyatiga to‘xtalib, talabalarga o‘z kasbining yetuk mutaxassislari bo‘lib yetishishida nimalarga e’tibor qaratish lozimligini aytib o‘tdi.

Bunday uchrashuvlar nafaqat talabalarning muammolarini hal qilishda, balki o‘zaro hamkorlikni mustahkamlashda muhim o‘rin tutishini ta’kidlab, talabalar tomonidan berilgan taklif va savollarga batafsil javob berdi.