Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 456
  • Ko`rib chiqilganlar 423
    • Takliflar 59
    • Arizalar 354
    • Shikoyatlar 43
  • Ko`rib chiqilmoqda 33

Farg‘ona davlat universitetida “Super” kontrakt to‘lov miqdorlari aniq bo‘ldi

09:53, 26.09.2025      

O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi majlisining 79-5-son bayoniga muvofiq, Farg‘ona davlat universitetida 2025/2026 o‘quv yili qabulida kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra to‘plagan ballari tasdiqlangan to‘lov-kontrakt qabul parametrlari chegarasiga 4,05 balldan ortiq yetmagan (56,7 balldan kam bo‘lmagan) va o‘qish istagini bildirgan abituriyentlar uchun birinchi o‘quv yili amaldagi bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorlariga nisbatan tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt qiymatlari belgilandi.

Eslatma: tabaqalashtirilgan kontraktning bir yillik oʻqitish qiymatidan kamida 50 foizi miqdoridagi toʻlovlarni amalga oshirgan abituriyentlar talabalar safiga qabul qilinadi.

Ma’lumot uchun: to‘lov shartnomasini olish uchun abituriyentlar kontrakt.edu.uz tizimida ro‘yxatdan o‘tib, ortiqcha ovoragarchiliksiz onlayn ariza yuborishlari yoki Farg‘ona davlat universitetining Registrator ofisi xodimlariga murojaat qilishlari mumkin.

☎️Universitetda “Call-center” tashkil etilgan.

Murojaatlar uchun:

(+99873) 244-44-57

(+99873) 244-44-87

(+99873) 244-44-19

(+99873) 244-47-02

(+99873) 244-45-79

“Super” kontrakt to‘lov miqdorlarini yuklab olish