Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 465
  • Ko`rib chiqilganlar 429
    • Takliflar 59
    • Arizalar 361
    • Shikoyatlar 45
  • Ko`rib chiqilmoqda 36

TA’LIM FIDOYILARI QADRLANADI

13:26, 04.10.2025      



Farg‘ona davlat universitetida 1-oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ta’lim sohasining fidokor vakillariga bag‘ishlangan bayramona yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Tadbirda universitet professor-o‘qituvchilari, soha mutaxassislari hamda yosh pedagoglar ishtirok etdilar.

Tadbir avvalida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Bo‘stonliq tumanida aytgan nutqi o‘qib eshittirildi. Ushbu nutqda ustozlarga bo‘lgan e’tibor, ta’lim-tarbiya tizimidagi islohotlar, yosh avlodni har tomonlama yetuk insonlar qilib voyaga yetkazish borasidagi davlat siyosati haqida chuqur ma’lumotlar aks etgan.

Yig‘ilish davomida mamlakatimizda ta’lim tizimini tubdan isloh qilish, ayniqsa:

  • -maktabgacha, umumiy o‘rta, kasbiy va oliy ta’lim bosqichlari o‘rtasida uzviylikni ta’minlash,
  • -kasbiy ta’limda xalqaro tajribalarni joriy etish,
  • -texnikumlar bilan oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish,
  • -yoshlarga zamonaviy kasb-hunarlarni o‘rgatish va o‘qituvchilar uchun yaratilayotgan imtiyozlar va imkoniyatlar kabi dolzarb mavzular atroflicha muhokama qilindi.

Ishtirokchilar tomonidan Prezidentimiz ilgari surgan tashabbuslar jamiyatda ustoz va murabbiylar mavqeini yanada oshirish, ularning mehnatini qadrlash hamda ta’lim tizimida sifatli o‘zgarishlarga erishish yo‘lida muhim qadam ekani ta’kidlandi.

Bu kabi yig‘ilishlar ustozlar mehnatini munosib e’tirof etish, ularni yangi marralarga ruhlantirish va jamiyatdagi ijtimoiy nufuzini yuksaltirishga xizmat qilmoqda.