Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 465
  • Ko`rib chiqilganlar 429
    • Takliflar 59
    • Arizalar 361
    • Shikoyatlar 45
  • Ko`rib chiqilmoqda 36

​XALQARO HAMKORLIK DOIRASIDA: OZARBAYJON MADANIY MARKAZI BILAN ILMIY HAMKORLIK

07:40, 11.10.2025      

Farg‘ona davlat universitetida Ozarbayjonning O‘zbekistondagi Elchixonasi huzurida faoliyat olib borayotgan Ozarbayjon Madaniyat Markazi vakili bilan muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Ushbu samimiy va mazmunli muloqot ikki tomonlama hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, ilmiy va madaniy aloqalarni yanada mustahkamlashga qaratilgan qadam sifatida tarixga yozildi.

Uchrashuv davomida Ozarbayjon Madaniyat Markazi va Farg‘ona davlat universiteti o‘rtasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, ilmiy-amaliy dasturlarni tashkil etish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. Bu esa ikki davlat o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlik rishtalarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Shuningdek, yaqinda universitetda “Ozarbayjon xonasi” tashkil etilishi rejalashtirilmoqda. Ushbu xonada Ozarbayjonning boy madaniy merosi, an’anaviy san’ati va ilmiy yutuqlari namoyish etilib, talaba va professor-o‘qituvchilar uchun yangi o‘quv va tadqiqot imkoniyatlari yaratadi.

Bu tashabbus nafaqat ilmiy sohada, balki madaniy va ma’naviy sohalarda ham ikki mamlakat yoshlari o‘rtasida do‘stona aloqalarni kengaytirish, madaniy almashinuvni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.

Farg‘ona davlat universiteti va Ozarbayjon Madaniyat Markazi o‘rtasidagi bu hamkorlik istiqbolli va samarali bo‘lib, o‘zbek-ozarbayjon aloqalarining yangi sahifasini ochmoqda.