Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 465
  • Ko`rib chiqilganlar 429
    • Takliflar 59
    • Arizalar 361
    • Shikoyatlar 45
  • Ko`rib chiqilmoqda 36

​XALQARO QIZLAR KUNI DOIRASIDA: IQTIDORLI QIZLAR FESTEVALIVA INNOVATSION KO’RGAZMALAR

07:45, 11.10.2025      

"Dunyoni tinchlik va ezgulikka ilhomlantiramiz": Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan o‘tkazilgan festival yoshlarga ruhiy ko‘tarinkilik bag‘ishladi.

11-oktabr – Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan Farg‘ona davlat universitetida yoshlar hayotida unutilmas sahifalardan biriga aylangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. “Dunyoni tinchlik va ezgulikka ilhomlantiramiz” shiori ostida tashkil etilgan festival ko‘tarinki ruhda, katta tashkiliy va ma'naviy tayyorgarlik bilan o‘tkazildi.

Tadbirda “Adolat” va “Milliy tiklanish” demokratik partiyalari viloyat kengashi rahbarlari, Viloyat xotin-qizlar qo‘mitasi vakillari, oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, hamda yuzlab faol va iqtidorli talaba qizlar ishtirok etdi.

Festival doirasida “Innowomenweek-2025” nomli innovatsion ko‘rgazma ham tashkil etildi. Ushbu ko‘rgazma yosh iqtidorli ayollarning ilm-fan, texnologiya, san’at va tadbirkorlik sohalaridagi yutuqlarini namoyish etish maydoniga aylandi. Unda talaba qizlar tomonidan yaratilgan loyihalar, startaplar, qo‘l mehnati mahsulotlari va ilmiy ishlanmalar keng jamoatchilik e’tiboriga havola qilindi.

Tadbirning badiiy qismida esa o‘zining ijodiy salohiyati bilan ajralib turgan iqtidorli va iste’dodli talaba qizlar tomonidan jonli chiqishlar taqdim etildi. Ular ijro etgan she’rlar, sahna ko‘rinishlari, raqs va musiqa namoyishlari mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.

Festival yakunida ijtimoiy hayotda faol ishtirok etib kelayotgan, o‘zining tashabbuskorligi va izlanuvchanligi bilan ajralib turgan talaba-qizlar esdalik sovg‘alari va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi. Bu esa ularga yanada katta marralarni zabt etishda ishonch va kuch bag‘ishladi.

Mazkur tadbir nafaqat Xalqaro qizlar kunini nishonlash, balki yosh avlodni tinchlik, ezgulik, ma’rifat va taraqqiyot yo‘liga undash, ularni qo‘llab-quvvatlash, o‘ziga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash yo‘lida muhim qadamlardan biri bo‘ldi. Festival ishtirokchilarda unutilmas taassurot qoldirib, ularni yangi g‘oyalar, fidoyilik va ezgu maqsadlar sari ruhlantirdi.