Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 465
  • Ko`rib chiqilganlar 429
    • Takliflar 59
    • Arizalar 361
    • Shikoyatlar 45
  • Ko`rib chiqilmoqda 36

ILMIY SALOHIYAT

11:16, 11.10.2025      

Farg‘ona davlat universiteti Filologiya fakulteti Tilshunoslik kafedrasi o‘qituvchisi Dadajonov Avazbek Raxmatjon o‘g‘li o‘zining ilmiy faoliyatidagi muhim bosqich – falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish yo‘lida yana bir yuksak yutug‘iga erishdi.

Uning 10.00.01 – O‘zbek tili ixtisosligi bo‘yicha yozgan “Muhokama nutqining funksional-uslubiy xususiyatlari” mavzusidagi dissertatsiyasi Farg‘ona davlat universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02 raqamli Ilmiy darajalar beruvchi kengashda muvaffaqiyatli himoya qilindi.

Dissertatsiya himoyasi jarayonida ilmiy kengash a’zolari tomonidan mavzuning dolzarbligi, ilmiy yangiligi, amaliy ahamiyati hamda tilshunoslikdagi mavjud metodologik yondashuvlarga qo‘shgan hissasi alohida e’tirof etildi. Eng e’tiborlisi, himoya 100% ovoz bilan ijobiy baholandi, bu esa dissertatsiya ishining yuqori ilmiy darajada tayyorlanganligini tasdiqlaydi.

Tadqiqotda muallif muhokama nutqining kommunikativ va funksional xususiyatlarini, ularning turli uslubiy kontekstlardagi ifoda vositalarini chuqur tahlil qilgan. O‘zbek tilshunosligida dolzarb bo‘lgan bu yo‘nalishda olib borilgan izlanishlar, albatta, til madaniyatini o‘rganish va nutq madaniyatini shakllantirishda muhim manba bo‘lib xizmat qiladi.