Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 465
  • Ko`rib chiqilganlar 429
    • Takliflar 59
    • Arizalar 361
    • Shikoyatlar 45
  • Ko`rib chiqilmoqda 36

INNOVATSION YONDASHUV – ZAMONAVIY TA’LIMNING KALITI: FarDUda ILMIY HIMOYA

12:09, 11.10.2025      

Farg‘ona davlat universiteti Jismoniy madaniyat fakulteti Jismoniy tarbiya va sport o‘yinlarini o‘qitish metodikasi kafedrasi o‘qituvchisi Mamadova Feruzaxon Mirzaaxmad qizi o‘zining ilmiy faoliyatida muhim yutuqqa erishdi. U 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha yozgan “Innovatsion yondashuv asosida bo‘lajak mutaxassislarning pedagogik madaniyatini rivojlantirish metodikasi (“Pedagogika nazariyasi va tarixi” mutaxassisligi misolida)” mavzusidagi dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qilib, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olishga muyassar bo‘ldi.

Mazkur ilmiy ish Namangan davlat pedagogika instituti huzuridagi PhD.03/27.09.2024.Ped.184.01 raqamli Ilmiy Kengash yig‘ilishida muhokama qilindi va 100% ovoz bilan ijobiy baholandi. Bu natija dissertatsiyaning ilmiy asoslanganligi, dolzarbligi va amaliy ahamiyati yuqoriligini yana bir bor tasdiqlaydi.

Feruzaxon Mamadovaning dissertatsiyasi zamonaviy ta’lim jarayonida dolzarb bo‘lgan muammolardan biriga — bo‘lajak mutaxassislarning pedagogik madaniyatini shakllantirish masalasiga qaratilgan. Ayniqsa, bu jarayonda innovatsion yondashuvlarning o‘rni, ularning nazariy va amaliy asoslari, metodik jihatlari chuqur tahlil etilgan.

Tadqiqotda pedagogik madaniyatning tarkibiy qismlari, ularni rivojlantirishda yangi texnologiyalarning roli, innovatsion pedagogik modellar asosida mutaxassislarni tayyorlashning samaradorlik mezonlari aniqlangan. Ishda ilgari surilgan nazariy va amaliy tavsiyalar pedagogik ta’lim tizimini takomillashtirishda muhim omil bo‘lib xizmat qilishi shubhasiz.