Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 465
  • Ko`rib chiqilganlar 429
    • Takliflar 59
    • Arizalar 361
    • Shikoyatlar 45
  • Ko`rib chiqilmoqda 36

FarDU TALABA QIZI XALQARO MAYDONDA!

13:09, 11.10.2025      

Sport — faqat jismoniy kuch emas, bu iroda, fidoyilik va yurt sha’nini munosib himoya qilishdek ulug‘ fazilatlarni o‘zida mujassam etgan soha. Bunday jasoratli sportchilardan biri — Farg‘ona davlat universiteti Jismoniy madaniyat fakulteti talabasi Akbarova Nasibaxon Abdumalik qizi bo‘ldi.

U Rossiya Federatsiyasining Chuvashiya Respublikasida bo‘lib o‘tgan belbog‘li kurash bo‘yicha xalqaro turnir va kattalar o‘rtasidagi jahon kubogida munosib ishtirok etib, yurtimiz bayrog‘ini yuksaklarga ko‘tardi va bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Mazkur nufuzli sport musobaqasida dunyoning turli mamlakatlaridan tajribali va kuchli sportchilar ishtirok etdi. Belbog‘li kurash — o‘zining qadimiy an’analari, texnikasi va jangovar ruhi bilan sportchilardan yuqori darajadagi tayyorgarlik va chidamlilikni talab etadi. Shunday murakkab va raqobat kuchli bo‘lgan bellashuvlarda Akbarova Nasibaxon o‘zining matonati, mahorati va puxta sport tayyorgarligi bilan ajralib turdi.

U yurtimiz sharafini munosib himoya qilgan holda bir necha bosqichli bahslardan muvaffaqiyatli o‘tib, yakunda uchinchi o‘rinni egallab, bronza medali bilan taqdirlandi.