

Farg‘ona davlat universiteti Iqtisodiyot fakulteti Jahon va mintaqa iqtisodiyoti kafedrasi tomonidan dolzarb mavzuga bag‘ishlangan muhim ilmiy tadbir — “Farg‘ona viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va kambag‘allikni qisqartirishning dolzarb masalalari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi.
Mazkur anjuman bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy barqarorlik, iqtisodiy islohotlar, aholi turmush farovonligini oshirish va kambag‘allikni qisqartirish kabi muhim yo‘nalishlar yuzasidan ilmiy mulohazalar, tahlil va takliflarni bir maydonga jamladi.
Anjumanda yurtimizning yetakchi oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, ilmiy tadqiqotchilar, tayanch doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, magistrantlar va bakalavr talabalari, shuningdek, Farg‘ona viloyatining iqtisodiyot sohasidagi tarmoq va sektor vakillari ishtirok etdilar.
Tadbir davomida quyidagi asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha ma’ruzalar va fikr-mulohazalar tinglandi:
Mazkur ilmiy-amaliy anjuman yosh izlanuvchilar uchun o‘z ilmiy ishlanmalarini keng auditoriyaga taqdim etish, soha mutaxassislaridan bevosita fikr va tavsiyalar olish, shuningdek, ilm-fanni amaliyot bilan bog‘lash imkonini yaratdi.

Ishtirokchilarning ta’kidlashicha, bunday konferensiyalar nafaqat nazariy bilim almashinuvi, balki hududiy iqtisodiy siyosatni shakllantirishda ilmiy asoslangan yondashuvlarni ilgari surishda muhim maydon bo‘lib xizmat qiladi.
Farg‘ona davlat universiteti tomonidan muntazam o‘tkazib kelinayotgan bunday ilmiy tadbirlar viloyat, mintaqa va umuman, mamlakat iqtisodiyotining zamonaviy ehtiyojlariga javob beruvchi kadrlar tayyorlash, ilmiy asoslangan qarorlar ishlab chiqish va ularni hayotga tatbiq etishga yo‘naltirilgan.