Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 465
  • Ko`rib chiqilganlar 429
    • Takliflar 59
    • Arizalar 361
    • Shikoyatlar 45
  • Ko`rib chiqilmoqda 36

ILMIY YUKSALISH

17:48, 13.10.2025      

Namangan davlat universiteti huzuridagi Ilmiy Kengashda muhim ilmiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Farg’ona davlat universitetining Falsafa va milliy g‘oya kafedrasi o‘qituvchisi Rasulov Azizxon Muxamadkodirovich o‘zining “Yangi O‘zbekistonda axborot makonidagi transformatsiyalashuv jarayonlari: ijtimoiy-falsafiy tahlil” mavzusidagi dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilib, falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini oldi.

Dissertatsiya 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa ixtisosligi bo‘yicha tayyorlangan bo‘lib, unda axborot makonining yangi O‘zbekiston sharoitida qanday transformatsiyalashuvi va bu jarayonlarning ijtimoiy-falsafiy asoslari keng yoritilgan. Azizxon Muxamadkodirovichning ilmiy ishi nafaqat zamonaviy axborot jamiyatining murakkab jarayonlarini tahlil qilgan, balki milliy va global kontekstda ularning ijtimoiy ta’sirini chuqur o‘rganishga qaratilgan.

Mazkur ilmiy yutuq o‘z sohasida muhim ahamiyatga ega bo‘lib, yangi avlod tadqiqotchilar uchun hamda ilm-fan rivojiga sezilarli hissa qo‘shadi. Rasulov Azizxon Muxamadkodirovichning faoliyati Falsafa va milliy g‘oya kafedrasining ilmiy salohiyatini yanada oshirishga xizmat qilmoqda.