Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 465
  • Ko`rib chiqilganlar 429
    • Takliflar 59
    • Arizalar 361
    • Shikoyatlar 45
  • Ko`rib chiqilmoqda 36

HARBIY TA’LIMDA IT VA ROBOTEXNIKADAN FOYDALANISH

18:12, 13.10.2025      

Zamonaviy dunyoda bilim olish jarayoni tobora innovatsion yo‘nalishlarga qaratilmoqda. Ayniqsa, harbiy sohada sun’iy intellekt va robototexnika texnologiyalarining jadal rivojlanishi zamonaviy armiya salohiyatini oshirishda muhim omilga aylanmoqda. Shu munosabat bilan Harbiy ta’lim fakultetida IT va robototexnika yo‘nalishi bo‘yicha maxsus uchrashuv tashkil etildi.

Mazkur tadbirda Farg‘ona shahridagi mashhur HASHIM SCHOOL maktabi rahbari Sh.Karimov ishtirok etdi. U talabalarni yangi avlod robotlari bilan tanishtirib, robototexnika sohasidagi eng so‘nggi yutuqlar, ularning harbiy sohada qo‘llanilishi va imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berdi. Shuningdek, HTF ofitser-o‘qituvchilari va talabalarga robototexnika vositalarining amaliy jihatlari bo‘yicha ko‘rgazmali mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida talabalar IT va robototexnika sohasidagi bilimlarini kengaytirish bilan birga, yangi texnologiyalar va ularning hayotimizga ta’siri haqida o‘zaro fikr almashdilar. Tadbir talabalar o‘rtasida ushbu sohalarga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishga xizmat qildi.

Kelgusida esa, IT va robototexnika yo‘nalishiga qiziqqan talabalarni yanada qo‘llab-quvvatlash maqsadida, HASHIM SCHOOL tomonidan maxsus to‘garaklar tashkil etilishi rejalashtirilmoqda. Bu esa harbiy ta’lim oluvchilarga innovatsion texnologiyalar bilan chuqurroq tanishish, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallash imkoniyatini beradi.

Harbiy ta’lim sohasida bunday tashabbuslar o‘zining ahamiyati bilan nafaqat yosh mutaxassislarning salohiyatini oshirishga, balki mamlakatimizning mudofaa qudratini mustahkamlashga ham xizmat qilmoqda. Bugun o‘rganilayotgan yangi texnologiyalar, ertangi kun harbiy salohiyatining poydevorini yaratadi.