Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 461
  • Ko`rib chiqilganlar 427
    • Takliflar 59
    • Arizalar 359
    • Shikoyatlar 43
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

​DIQQAT, E’LON!

09:56, 20.10.2025      

Farg‘ona davlat universitetida san’at va ijod kechalari: TTJlarda teatr jozibasi

Farg‘ona davlat universitetida talabalar uchun navbatdagi ijodiy va madaniy tadbirlar start oldi! 2025-yil 20–23 oktabr kunlari talabalar turar joylarida (TTJ) Farg‘ona viloyati musiqali drama teatri aktyor va xodimlari ishtirokida ijodiy uchrashuvlar va konsert dasturlari tashkil etiladi. Har kuni soat 18:00 da bo‘lib o‘tadigan ushbu tadbirlar talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, ularning estetik dunyoqarashini kengaytirish va ijodiy muhitni yanada boyitishga xizmat qiladi.

Tadbir doirasida teatr san’ati vakillari o‘z ijodiy yo‘llari, sahna orti hayoti, aktyorlik mahorati va san’atga bo‘lgan muhabbat haqida so‘zlab berishadi. Tomoshabin talabalar nafaqat konsert dasturidan zavqlanishadi, balki o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish, professional san’atkorlar bilan fikr almashish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. Bu esa ularning ijodiy tafakkuri, san’atga bo‘lgan munosabati va madaniy saviyasini oshirishda muhim qadam bo‘ladi.

Universitetda bunday madaniy-ma’rifiy tadbirlar muntazam ravishda o‘tkazilib kelinmoqda. Zero, san’at va madaniyat inson qalbini tarbiyalaydi, ruhiyatini yuksaltiradi. Ayniqsa, teatr san’ati o‘zining ta’sirchanligi, hayotiy syujetlari va aktyorlik o‘yini orqali yoshlarga chuqur taassurot qoldiradi.

Hurmatli talabalar! Sizni teatr va musiqa uyg‘unligidan iborat, iliq va samimiy kayfiyat baxsh etadigan ushbu ijodiy kechalarga taklif etamiz. Birgalikda san’at sehridan zavqlanaylik, yangi ilhom, yangi motivatsiya va ijobiy his-tuyg‘ular bilan boyib qaytaylik!

Tadbir sanasi: 2025-yil 20–23 oktabr

Boshlanish vaqti: 18:00

Manzil: Talabalar turar joylarida (TTJ), belgilangan jadval asosida

Farg‘ona davlat universitetining talabalat turar joylarida Farg‘ona viloyati musiqali drama teatri aktyor va xodimlari tomonidan talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida ijodiy uchrashuv hamda konsert dasturi

Reja-JADVALI

TTj nomi

Talaba soni

O‘tkaziladigan muddaati

Tadbirlarni tashkillash, o‘tkazish bo‘yicha mas’ullar

1

4-8-TTJlar

682

20.10.2025

Soat 18:00

Dekan o‘rinbosari S.Abdullayev, yoshlar yetakchisi, yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat bo‘limi uslubchisi U.Sobirov,

Universitet yoshlar yetakchisi A.Axmadjonov.

2

1,2,3,9,10-TTJlar

2187

21.10.2025

Soat 18:00

Dekan o‘rinbosarlari O.Rahmatov, M.Tursunov, M.Xamidov, O‘.Rajabov, Sh.Tursunov, yoshlar yetakchilari, yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat bo‘limi uslubchisi F.Madrahimova, D.Xoshimov

Universitet yoshlar yetakchisi A.Axmadjonov.

3

5-6-TTJ

806

22.10.2025

Soat 18:00

Dekan o‘rinbosarlari O.Erkaboyev, O.Rahmatov, M.Tursunov, M.Xamidov, O‘.Rajabov, Sh.Tursunov, A.Mirsodiqov, R.Karimov, M.Xolovyoshlar yetakchilari, Universitet yoshlar yetakchisi A.Axmadjonov.

4

11-TTJ

800

23.10.2025

Soat 18:00

Dekan o‘rinbosarlari Sh.Ismoilov, O‘.Rajabov, Sh.Tursunov, A.Mirsodiqov, M.Xolov yoshlar yetakchisi, yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat bo‘limi uslubchisi A.Ismoilov

Universitet yoshlar yetakchisi A.Axmadjonov.

Jami: 4475

Ma’sul bosh rejissor I.Rahimov

Izloh: mazkur jadval asosida talabalar biriktirilgan mas’ullar bilan birgalikda yo‘l harakati va texnika xavfsizligi qoidalariga qat’iy amal qilgan holda, dars jarayoniga ta’sir qilmagan holda tashkillanadi;