Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 461
  • Ko`rib chiqilganlar 427
    • Takliflar 59
    • Arizalar 359
    • Shikoyatlar 43
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

​MAKTAB INTEGRATSIYASI

05:34, 21.10.2025      

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli topshiriqlari ijrosini ta’minlash, shuningdek, ta’lim sifati va samaradorligini oshirish maqsadida Farg‘ona davlat universiteti Ingliz tili va adabiyoti fakulteti Amaliy ingliz tili kafedrasi katta o‘qituvchilari L.Galimullina hamda D. Murotova tomonidan Farg‘ona shahridagi 1-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabiga amaliy tashrif uyushtirildi.

Mazkur tashrif doirasida ingliz tili darslarining tashkil etilishi, o‘quvchilarning tinglab tushunish, so‘zlashish, o‘qish va yozish kabi asosiy til ko‘nikmalarining rivojlanish darajasi chuqur o‘rganildi. Dars jarayonlarida interfaol usullardan foydalanish samaradorligi, o‘quvchilarning faolligi va motivatsiyasi kuzatildi.

Shuningdek, maktab ingliz tili o‘qituvchilari bilan professional muloqot tashkil etilib, o‘qituvchilar o‘rtasida tajriba almashinuvi amalga oshirildi. Universitet o‘qituvchilari tomonidan zamonaviy metodik yondashuvlar, o‘quvchilarda kommunikativ kompetensiyalarni shakllantirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Tashrif yakunida tomonlar o‘rtasida doimiy hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, seminar-treninglar o‘tkazish, ilg‘or amaliyotlarni joriy qilish bo‘yicha kelgusidagi rejalar muhokama qilindi. Bu kabi tashriflar nafaqat maktab o‘quvchilari uchun qo‘shimcha rag‘bat bo‘lib xizmat qiladi, balki pedagoglar o‘rtasida tajriba almashish va kasbiy mahoratni oshirishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.

Farg‘ona davlat universiteti bundan keyin ham maktablar bilan uzviy hamkorlikda ishlash, ta’lim tizimini takomillashtirish va yosh avlodning xorijiy tillarni o‘zlashtirishiga ko‘maklashish yo‘lida faol ishtirok etishda davom etadi.