Ilm-fan va ta’limda xalqaro hamkorlik – taraqqiyot kafolati.
Ayni kunlarda universitetimizning bir guruh yetuk professor-o‘qituvchilari xalqaro akademik almashinuv dasturlari doirasida dunyoning nufuzli oliy ta’lim muassasalari qatoridan o‘rin olgan, QS World University Rankings reytingining TOP-1000 taligiga kiruvchi M.Auvezov nomidagi Janubiy Qozogʻiston universitetida bo‘lib turishibdi.
Bu tashrif xalqaro ilmiy aloqalarni mustahkamlash, ta’lim sifatini yanada oshirish, ilmiy-tadqiqot faoliyatida zamonaviy yondashuvlarni joriy etish va professor-o‘qituvchilar malakasini oshirishda muhim bosqich bo‘lib xizmat qilmoqda.
Tashrif doirasida quyidagi professor-o‘qituvchilar faol ishtirok etishmoqda:
Prof. R. Rasulov, Prof. V. Rasulov – Fizika kafedrasi,
Prof. Sh. Xonkeldiyev, Prof. S. Uraimov – Jismoniy tarbiya nazariyasi kafedrasi,
Prof. B. G‘aniyev – Sotsiologiya va ijtimoiy ish kafedrasi,
Prof. H. Dusmatov – O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi,
Dots. I. Haydarov – Amaliy matematika va informatika kafedrasi,
Dots. Q. Po‘latov – O‘zbekiston tarixi kafedrasi,
Dots. O. Erkaboyev – Jismoniy tarbiya va sport o‘yinlarini o‘qitish metodikasi kafedrasi,
Dots. Q. Kaxarov – Nemis va fransuz tillari kafedrasi.
Uchrashuvlar davomida ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash, ilmiy-tadqiqot va innovatsion loyihalarni amalga oshirish, qo‘shma ilmiy maqolalar va darsliklar yaratish, talaba va o‘qituvchilar uchun akademik almashinuvni yo‘lga qo‘yish kabi qator masalalar yuzasidan muayyan kelishuvlarga erishildi.
Shuningdek, professor-o‘qituvchilarimiz tomonidan:
✅ Yangi o‘quv metodikalari bilan tanishish,
✅ Ilmiy seminar va konferensiyalarda ishtirok etish,
✅ Chet ellik hamkasblar bilan tajriba almashish,
✅ Ta’limga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda.
Ushbu tashrif nafaqat ilmiy salohiyatimizni oshirish, balki universitetimizning xalqaro maydondagi nufuzi va raqobatbardoshligini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Bunday xalqaro hamkorliklar kelajakda ham muntazam davom etadi. Bu esa talaba-yoshlarimizga xorijda ta’lim olish, professor-o‘qituvchilarimizga esa yangi texnologiyalar va metodologiyalar asosida ilmiy izlanishlar olib borish imkonini yaratadi.