Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 461
  • Ko`rib chiqilganlar 427
    • Takliflar 59
    • Arizalar 359
    • Shikoyatlar 43
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

“BUTUNJAHON TOZALIK KUNI” DOIRASIDA FarDUDA “PLOGGING” AKSIYASI O’TKAZILDI!

16:19, 21.10.2025      

Har yili dunyo bo‘ylab keng nishonlanadigan “Butunjahon tozalik kuni” (World Cleanup Day) ekologik ong va atrof-muhit muhofazasini targ‘ib qiluvchi eng yirik xalqaro tashabbuslardan biridir. Ushbu kun munosabati bilan mamlakatimizda ham turli ekologik tadbirlar, ko‘ngilli aksiyalar o‘tkazilmoqda.

Shu munosabat bilan universitetimizning yashil hududida yoshlar o‘rtasida ekologik madaniyatni yuksaltirish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida zamonaviy ekologik harakat — “Plogging” aksiyasi tashkil etildi.

Plogging – bu bir vaqtning o‘zida yugurish va chiqindilarni yig‘ish amaliyotini o‘z ichiga olgan ekologik harakat bo‘lib, u ilk bor Shvetsiyada boshlangan va tez orada butun dunyoda mashhurlikka erishgan. Bu nafaqat jismoniy faollik, balki atrof-muhitni asrashga qaratilgan foydali mashg‘ulot hisoblanadi.

Tadbirda ishtirok etgan yoshlar va ko‘ngilli talaba-yoshlar:

Yugurish davomida yo‘l-yo‘lakay turli chiqindilarni yig‘ib, ularni alohida saralashdi;

Qayta ishlash mumkin bo‘lgan plastik, qog‘oz, shisha chiqindilar alohida paketlarga ajratildi;

Chiqindilarni to‘g‘ri saralash, ekologik muammolar va ularni hal qilish yo‘llari haqida ma’lumotlarga ega bo‘lishdi;

Sog‘lom turmush tarzi, jismoniy faollik va ekologik javobgarlikning ahamiyati bo‘yicha tushunchalarini mustahkamlashdi.

Aksiya nafaqat hududni tozalash, balki jamiyatda ekologik madaniyatni shakllantirish, yoshlar orasida mas’uliyat hissini uyg‘otish, ekologik muammolarga e’tibor qaratish maqsadida tashkil etildi. Bu kabi tadbirlar orqali:

✅ Atrof-muhitga ehtiyotkor munosabatni singdirish,

✅ Chiqindilarni saralash madaniyatini rivojlantirish,

✅ Jismoniy faollik orqali sog‘lom turmush tarzini ommalashtirishga xizmat qilmoqda.

Kelajak avlod uchun toza, yashil va sog‘lom muhit yaratish – barchamizning vazifamiz. Universitetimiz bundan keyin ham ekologik tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlab, yoshlarni ekologik ongli, sog‘lom va faol bo‘lishga chorlovchi tadbirlarni amalga oshirishda davom etadi.