Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 462
  • Ko`rib chiqilganlar 427
    • Takliflar 59
    • Arizalar 360
    • Shikoyatlar 43
  • Ko`rib chiqilmoqda 35

“TIL – MILLAT KO’ZGUSI”

14:42, 22.10.2025      


Farg’ona davlat universitetining Iqtisodiyot fakulteti Yoshlar ittifoqi kengashi tashabbusi bilan 21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan “Til – millat ko‘zgusi” mavzusida qiziqarli zakovat intellektual o‘yini tashkil etildi.

Mazkur tadbirning bosh maqsadi — yoshlar qalbida ona tiliga muhabbat, milliy g‘urur va vatanparvarlik tuyg‘ularini yanada mustahkamlash, shuningdek, talabalar o‘rtasida bilim, tafakkur va jamoaviy fikrlash madaniyatini rivojlantirishdan iborat bo‘ldi.

O‘yin davomida fakultetning iqtidorli talabalaridan tashkil topgan jamoalar til va adabiyot, madaniyat, tarix hamda mantiqiy fikrlashga oid savollarga javob berish orqali o‘z bilim va zakovatlarini sinovdan o‘tkazdilar. Bellashuv jarayoni qizg‘in muhitda, do‘stona raqobat asosida o‘tdi.

Turnir yakunida eng faol va bilimdon jamoalar g‘olib deb topildi. Ular tashkilotchilar tomonidan tashakkurnomalar hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Tadbir yakunida Yoshlar ittifoqi fakultet kengashi raisi so‘zga chiqib, barcha ishtirokchilarga minnatdorchilik bildirdi hamda talabalarni ona tilimizni yanada chuqur o‘rganish, uni qadrlash va ardoqlashga da’vat etdi.

“Ona tili – millat ruhining, tarixining va ma’naviyatining ajralmas qismidir. Uni sevish, asrash va rivojlantirish har birimizning muqaddas burchimizdir”, — deya ta’kidladi tadbir tashkilotchilari.

Bayramona kayfiyatda o‘tgan “Til – millat ko‘zgusi” zakovat o‘yini barcha ishtirokchilar qalbida o‘zbek tiliga bo‘lgan faxr va ehtirom tuyg‘usini yanada kuchaytirdi.