Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 462
  • Ko`rib chiqilganlar 427
    • Takliflar 59
    • Arizalar 360
    • Shikoyatlar 43
  • Ko`rib chiqilmoqda 35

ONA TILIGA EHTIROM: HARBIY TA’LIM FAKULTETI TALABALARIDAN TASHABBUS

14:56, 22.10.2025      

Farg’ona davlat universitetining Harbiy ta’lim fakultetida O‘zbek tili bayrami munosabati bilan tantanali tadbir hamda ommaviy diktant yozish mashg‘uloti tashkil etildi. Tadbirda 1-bosqich talabalari, fakultet rahbariyati hamda o‘qituvchilar faol ishtirok etdilar.

Tadbirni ochib bergan fakultet rahbariyati vakillari ona tilining millat hayotidagi o‘rni va ahamiyati, shuningdek, davlat tili maqomiga ega bo‘lgan o‘zbek tilini asrash va rivojlantirish barchamizning fuqarolik burchimiz ekanini ta’kidladilar.

Tadbirda Filologiya fakulteti filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) M. Qurbonova ma’ruza bilan ishtirok etib, o‘zbek tilining tarixiy shakllanish jarayoni, leksik boyligi va bugungi taraqqiyot bosqichlari haqida atroflicha so‘z yuritdi. Ma’ruza davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan chiqish qilib, tilshunoslikka oid bilimlarini yanada boyitdilar.

Shuningdek, tadbirda fakultet talabalari va rahbariyati ona tiliga bag‘ishlangan she’rlar, chiqishlar hamda sahna ko‘rinishlari bilan ishtirok etib, bayramona ruhni yanada yuksaltirdilar.

Tadbir doirasida o‘tkazilgan ommaviy diktant yozish mashg‘uloti esa talabalarning imlo savodxonligini oshirish, adabiy tildan to‘g‘ri foydalanish va nutq madaniyatini mustahkamlash maqsadida tashkil etildi.

“Ona tili — bu xalqning ruhi, ma’naviyati va kelajagi. Uni chuqur o‘rganish, to‘g‘ri qo‘llash va har bir so‘zini e’zozlash — har bir yoshning sharafli burchidir”,

— deya ta’kidladi M. Qurbonova o‘z nutqida.

Tadbir yakunida ishtirokchilar ona tilimizga bo‘lgan mehr va ehtiromni yana bir bor namoyon etdilar. Ommaviy diktant natijalari esa talabalar o‘rtasida til madaniyatini rivojlantirishga bo‘lgan qiziqish ortib borayotganini ko‘rsatdi.