Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 462
  • Ko`rib chiqilganlar 427
    • Takliflar 59
    • Arizalar 360
    • Shikoyatlar 43
  • Ko`rib chiqilmoqda 35

XALQARO PEDAGOGIK ALMASHINUVLAR

16:02, 22.10.2025      

Farg‘ona davlat universitetida xalqaro ilmiy hamkorlik doirasida Hindistonlik tadqiqotchi olim Arfat Ahmat Bhat ishtirokida tarix yo‘nalishida tahsil olayotgan magistrantlar uchun mahorat darsi tashkil etildi.

Ushbu dars mashg‘ulotlari Tarix mutaxassisligi 2-bosqich magistrantlari uchun o‘tkazilib, “Boburiylar imperiyasi” hamda “Kashmir madaniyati” mavzulariga bag‘ishlandi.

Arfat Ahmat Bhat o‘z ma’ruzasida Boburiylar imperiyasining siyosiy tizimi, ma’muriy boshqaruvi, madaniy merosi hamda bu davrning Markaziy Osiyo bilan tarixiy aloqalari haqida batafsil ma’lumot berdi. Shuningdek, u Kashmir hududining boy madaniy an’analari, diniy bag‘rikenglik va san’at rivoji to‘g‘risida qiziqarli ma’lumotlar taqdim etdi.

Dars davomida magistrantlar olim bilan interaktiv savol-javob tarzida fikr almashdilar, mintaqaviy tarixni o‘rganishda taqqoslama tahlil va manbaviy yondashuvlarning ahamiyati haqida muhokamalar olib bordilar.

“Tarixni o‘rganish — bu nafaqat o‘tmishni bilish, balki bugungi dunyoda xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlikni mustahkamlashdir,”

— deya ta’kidladi Arfat Ahmat Bhat mahorat darsi yakunida.

Mazkur uchrashuv magistrantlarda xalqaro tarixiy jarayonlarga kengroq nazar bilan qarash, ilmiy dunyoqarashni boyitish va xorijiy ilmiy tajribadan o‘rganish imkonini yaratdi.