Farg‘ona davlat universiteti Filologiya fakulteti Adabiyotshunoslik kafedrasi o‘qituvchisi, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Umurzaqov Rustamjon Maxamadovich xalqaro miqyosda yuqori e’tirofga sazovor bo‘ldi. U Jadidlar Xalqaro Ilmiy Tadqiqotlar Assotsiatsiyasi tomonidan tashkil etilgan “Millatlar Mozaikasi” xalqaro festivali doirasida “Do‘stlik elchisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Mazkur festival dunyo miqyosida millatlararo totuvlik, o‘zaro hurmat va bag‘rikenglik qadriyatlarini targ‘ib etish, madaniyatlararo muloqotni rivojlantirish, hamda xalqaro ilmiy hamkorlikni mustahkamlash maqsadida o‘tkazib kelinadi.
Rustamjon Maxamadovichning ushbu nufuzli mukofot bilan taqdirlanishi — uning jamiyatda do‘stlik va hamjihatlik g‘oyalarini keng targ‘ib etishdagi faol ishtiroki, shuningdek, ilmiy va ma’rifiy sohadagi tashabbuskorligining e’tirofi bo‘ldi.
“Bugungi globallashuv davrida millatlararo totuvlikni saqlash, bag‘rikenglik madaniyatini rivojlantirish har bir ziyolining muqaddas burchidir. Bu e’tirof menga yanada katta mas’uliyat yuklaydi,”
— deya ta’kidladi Umurzaqov Rustamjon Maxamadovich taqdirlash marosimi chog‘ida.
Farg‘ona davlat universiteti jamoasi Rustamjon Maxamadovichni ushbu yuksak mukofot bilan samimiy muborakbod etib, unga kelgusidagi ilmiy faoliyatida yangi yutuqlar, xalqaro miqyosdagi muvaffaqiyatlar tilaydi.
Bunday e’tiroflar universitet o‘qituvchilari va yosh tadqiqotchilarning xalqaro maydondagi faolligi ortib borayotganini, shuningdek, FarDU ilmiy salohiyati yuksak darajada tan olinayotganini yana bir bor tasdiqlaydi.