Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 466
  • Ko`rib chiqilganlar 429
    • Takliflar 59
    • Arizalar 362
    • Shikoyatlar 45
  • Ko`rib chiqilmoqda 37

ILMIY XUSHXABAR

16:36, 24.10.2025      

Farg‘ona davlat universiteti Iqtisodiyot fakulteti Iqtisodiyot va turizm kafedrasi o‘qituvchisi, mustaqil tadqiqotchi Maksumova Umidaxon Sadikjanovna 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa ixtisosligi bo‘yicha falsafa fanlari doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan “O‘zbekistonda xotin-qizlar tadbirkorligi dinamikasi: ijtimoiy-falsafiy jihatlari” mavzusidagi dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi.

Himoya Farg‘ona davlat universiteti huzuridagi PhD.03/28.08.2024.F.05.08 raqamli Ilmiy kengash yig‘ilishida bo‘lib o‘tdi. Tadqiqotchi Umidaxon Maksumovaning ilmiy ishi kengash a’zolari tomonidan yuqori baholandi va 100 foizlik natija bilan himoyadan o‘tdi.

Mazkur ilmiy ishda O‘zbekiston sharoitida xotin-qizlar tadbirkorligining shakllanishi, rivojlanish bosqichlari, ijtimoiy-falsafiy mohiyati hamda ularning jamiyat hayotidagi o‘rni chuqur tahlil qilingan. Shuningdek, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash siyosati, ijtimoiy adolat va gender tengligi tamoyillari asosida olib borilayotgan islohotlar falsafiy nuqtayi nazardan yoritilgan.

Tadqiqot natijalari jamiyatda ayollar faolligini oshirish, ularning iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlardagi ishtirokini kuchaytirish bo‘yicha ilmiy va amaliy tavsiyalarni o‘z ichiga oladi.