
Farg‘ona davlat universiteti Tarix fakulteti Sotsiologiya va ijtimoiy ish kafedrasi katta o‘qituvchisi Karimova Gulnoza Yigitaliyevna 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa ixtisosligi bo‘yicha falsafa fanlari doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan “Yangi O‘zbekiston taraqqiyotida shaxs axloqiy madaniyatini rivojlantirishning falsafiy jihatlari” mavzusidagi dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi.
Himoya jarayoni Farg‘ona davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/28.08.2024.F.05.08 raqamli Ilmiy kengash yig‘ilishida bo‘lib o‘tdi. Dissertatsiya kengash a’zolari tomonidan yuqori baholanib, 100 foiz ovoz bilan qo‘llab-quvvatlandi.
Tadqiqot ishida yangi O‘zbekiston taraqqiyotida shaxsning axloqiy madaniyatini shakllantirish, uni milliy qadriyatlar, ma’naviyat va ijtimoiy barqarorlik bilan uyg‘un rivojlantirishning falsafiy asoslari tahlil qilingan. Muallif o‘z ishida axloqiy qadriyatlarning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni, ma’naviy yangilanish jarayonidagi ahamiyati hamda shaxsning ijtimoiy mas’uliyatini yuksaltirish yo‘llarini ilmiy jihatdan asoslab bergan.
Mazkur ilmiy tadqiqot ma’naviy-ma’rifiy sohada olib borilayotgan islohotlarni falsafiy yondashuv asosida chuqur tahlil etgani bilan ahamiyatlidir. Unda ilgari surilgan ilmiy xulosalar ta’lim-tarbiya, sotsiologiya va falsafa yo‘nalishlaridagi tadqiqotlar uchun muhim nazariy manba bo‘lib xizmat qiladi.