Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 466
  • Ko`rib chiqilganlar 433
    • Takliflar 59
    • Arizalar 362
    • Shikoyatlar 45
  • Ko`rib chiqilmoqda 33

“ISLOHOTLAR BILIMDONI” TANLOVI

15:03, 25.10.2025      

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Madaniyat vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Fanlar akademiyasi hamda Badiiy akademiya hamkorligida tashkil etilgan “Islohotlar bilimdoni” keng tarmoqli respublika ilmiy-ma’rifiy ko‘rik-tanlovining Farg‘ona davlat universiteti bosqichi yakuniga yetdi.

Mazkur tanlov mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy islohotlarning mazmun-mohiyatini chuqur anglash, yoshlarning mafkuraviy immunitetini mustahkamlash, ijodiy faolligini hamda siyosiy madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan.

Tanlov g‘oliblari:

“Eng faol milliy g‘oya va ma’naviyat targ‘ibotchisi” — Pedagogika-psixologiya va san’atshunoslik fakulteti, “Pedagogika” kafedrasi;

“Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha eng yaxshi kafedra” — Pedagogika-psixologiya va san’atshunoslik fakulteti, “Pedagogika” kafedrasi;

“Eng faol xotin-qizlar maslahat kengashi raisi” — Tabiiy fanlar fakulteti xotin-qizlar bo‘yicha dekan maslahatchisi M. Dehqonboyeva;

“Eng faol islohotlar targ‘ibotchisi” (talabalar o‘rtasida) — Filologiya fakulteti, “Tojik tili yo‘nalishi” 4-bosqich talabasi Mandonova Farxunda Ravshan qizi;

“Eng yaxshi tyutor” — Iqtisodiyot fakulteti tyutori Z. Yuldasheva.

Tadbir yakunida g‘oliblar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Bu yutuq ularning fidokorona mehnati, ilmiy izlanishlari va ma’naviy yuksaklik sari intilishlarining amaliy ifodasidir.