Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 502
  • Ko`rib chiqilganlar 468
    • Takliflar 61
    • Arizalar 392
    • Shikoyatlar 49
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

​Konstitutsiya – birlik, barqarorlik va taraqqiyot ramzi!

11:08, 04.12.2025      


Farg‘ona davlat universitetida 8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan “Konstitutsiya – birlik, barqarorlik va taraqqiyot ramzi!” shiori ostida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbirda “O‘zLiDeP” viloyat kengashi xodimlari hamda shahar deputatlari ishtirok etishdi.

Suhbat davomida Konstitutsiyaning jamiyat hayotidagi ahamiyati, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlashdagi o‘rni, shuningdek, davlat barqarorligi va taraqqiyotiga qo‘shayotgan ulkan hissasi haqida fikr-mulohazalar bildirildi.

Magistrantlar mutaxassislar tomonidan berilgan ma’lumotlarni tinglab, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.