Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 479
  • Ko`rib chiqilganlar 444
    • Takliflar 60
    • Arizalar 370
    • Shikoyatlar 49
  • Ko`rib chiqilmoqda 35

​Farg‘ona davlat universitetida Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 33 yilligiga bag‘ishlangan huquqiy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi

15:02, 09.12.2025      


Tadbirni universitet rektori Bahodirjon Shermuhammadov ochib, ishtirokchilarni bayram bilan tabrikladi.

U o‘z nutqida Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, fuqarolik pozitsiyasining yuksalayotgani, milliy birlik va hamjihatlikning mustahkamlanishi, davlat ramzlari va bosh Qomusimizning hayotimizdagi o‘rni haqida ta’kidlab o‘tdi.

Professor-o‘qituvchilar tomonidan Konstitutsiyaning yaratilish tarixi, inson huquqlarining kafolatlanishi va uning mazmun-mohiyati borasida qiziqarli ma’ruzalar taqdim etildi.

“Konstitutsiya – birlik, barqarorlik va taraqqiyot ramzi” shiori ostidagi tanlov g‘oliblari diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Tadbirning badiiy qismi esa yurtimiz madh etilgan kuy-qo‘shiqlar bilan yanada ko‘tarinki ruhda o‘tdi.