
2025-yil 5–7-dekabr kunlari Belorussiya Respublikasining Minsk shahrida boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan Xalqaro chempionatda yurtimiz sharafini munosib himoya qilgan Farg‘ona davlat universiteti Jismoniy madaniyat fakulteti talabasi Oisha Toirova katta yutuqqa erishdi.
Oisha Toirova (https://sports.uz/news/view/boks-boyicha-yana-bir-xalqaro-turnir-nihoyasiga-etdi-08-12-2025) musobaqaning barcha bosqichlarida yuqori mahorat va matonat namoyish etib, faxrli 1-o‘rinni egalladi va O‘zbekiston bayrog‘ini xalqaro minbarda baland ko‘tardi.
Talabamizni ushbu g‘alaba bilan samimiy tabriklaymiz! Kelajakdagi yutuqlarida ham ulkan omad yor bo‘lsin!