Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 479
  • Ko`rib chiqilganlar 444
    • Takliflar 60
    • Arizalar 370
    • Shikoyatlar 49
  • Ko`rib chiqilmoqda 35

​Filologiya fakultetida “Yashil makon – tabiatni asraylik” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi

15:06, 09.12.2025      


Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi Z. Nizomitdinova hamda Rus tili metodikasi kafedrasi o‘qituvchisi hamkorligida kechki ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan rus tili va adabiyoti ta’lim yo‘nalishi talaba-qizlari bilan mazkur mavzuda ma’rifiy suhbat tashkil etildi.

Tadbirda “Yashil makon” loyihasining maqsad va vazifalari, daraxt ekish, yashil hududlarni kengaytirish, mavjud manzarali daraxtlarni asrash hamda atrof-muhitni sog‘lomlashtirishga oid dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Ushbu uchrashuv yoshlarning ekologik madaniyatini oshirish, ularda tabiatga mehr va mas’uliyat hissini kuchaytirishga xizmat qildi.