
9-dekabr — Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan universitetda “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda Farg‘ona shahar Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya a’zosi, shahar kengashi deputati B. Axmadaliyev, IIB xodimi, mayor S. Umarov, filologiya fakulteti professori N. Sobirov, Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha “komplayens-nazorat” tizimi boshlig‘i A. Turaxanov ma’ruzalari bilan qatnashdilar.
Tadbir Universitetning barcha fakultetlarini qamrab olish maqsadida ZOOM platformasi orqali tashkil etildi.
Yakunda “Korrupsiya — ijtimoiy illat va unga qarshi kurashish yo‘llari” nomli videorolik namoyish qilindi.