

Farg’ona davlat universitetining Axborot-resurs markazida tarix fakulteti ijtimoiy ish yo‘nalishi 2-bosqich talabasi Yigitaliyev Ozodbekning “Adabiy taqrizlar” nomli kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Tadbir ishtirokchilari uchun nafaqat yangi adabiy asarni yaqindan o‘rganish, balki zamonaviy talaba ijodini qo‘llab-quvvatlash imkoniyati yaratildi.
Taqdimot davomida kitob muallifi o‘z asaridagi adabiy tahlillar, taqrizlar va o‘quvchi bilan bo‘lgan muloqot tajribalarini o‘rtoqlashdi. Shu bilan birga, ishtirokchilar kitobni chuqurroq tushunish va adabiyotshunoslikning dolzarb masalalari bo‘yicha savollar berish imkoniga ega bo‘ldilar.
Tadbir doirasida “Kitobxon talaba–2026” onlayn ko‘rik-tanlovi ham o‘tkazildi. Tanlovning asosiy maqsadi – talabalarda kitobxonlikni rivojlantirish, ijodiy fikrlash va tanqidiy o‘qish madaniyatini oshirishdan iborat.
Tanlov natijalari quyidagicha:
G‘oliblarga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi, ishtirokchilarning yuksak intilishi va kitobga bo‘lgan qiziqishi alohida e’tirof etildi.
Ushbu tadbir talabalarda adabiy merosimizga hurmat, kitobga mehr va ijodiy yondashuvni oshirishda muhim qadam bo‘ldi.