Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 483
  • Ko`rib chiqilganlar 448
    • Takliflar 60
    • Arizalar 374
    • Shikoyatlar 49
  • Ko`rib chiqilmoqda 35

ILMIY YUTUQ

16:41, 26.01.2026      


Farg‘ona davlat universitetining Filologiya fakultetida yana bir ilmiy yutuq. Fakultetning o‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi katta o‘qituvchisi Nuritdinova Rayxona Numonovna filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etgan dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi.

Dissertatsiya mavzusi:“Ijtimoiy chegaralangan leksik birliklar tadqiqi”

Ushbu ish 10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi ixtisosligi bo‘yicha tayyorlangan bo‘lib, ilmiy kengash tomonidan 100% ovoz bilan tasdiqlandi. Dissertatsiya DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02 raqamli qaror bilan rasmiylashtirildi.

Dissertatsiyada ijtimoiy kontekstga bog‘liq leksik birliklar, ularning kommunikativ funksiyasi, amaliy va kompyuter lingvistikasi metodlari yordamida tahlili chuqur ilmiy asosda yoritilgan. Tadqiqot zamonaviy lingvistik yondashuvlar, ijtimoiy kommunikatsiya va tilning ma’naviy-madaniy jihatlarini birlashtirgan holda, tilshunoslik fanida yangi ilmiy yo‘nalishlarni ochishga xizmat qiladi.

Nuritdinova Rayxona Numonovnaning ushbu yutuqi nafaqat til nazariyasi va lingvistika sohasida, balki O‘zbek tili va adabiyoti fanining rivojlanishiga ham katta hissa qo‘shadi. Ilmiy ishining yuqori baholanishi uning akademik obro‘sini yanada mustahkamladi va yosh tadqiqotchilar uchun namuna bo‘ldi.