


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi tomonidan respublika miqyosida oliy ta’lim muassasalari talabalari va professor-o‘qituvchilarini qamrab olgan umummilliy so‘rovnoma o‘tkazilmoqda.
Mazkur so‘rovnoma oliy ta’lim tizimida ta’lim sifatini baholash va ta’minlash, oliy ta’lim muassasalarining milliy reytingini shakllantirish, mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish, shuningdek ta’lim tizimini zamon talablariga mos ravishda rivojlantirish kabi muhim maqsadlarga xizmat qiladi.
Farg‘ona davlat universiteti so‘rovnomada faol ishtirok etmoqda: professor-o‘qituvchilar va talabalar mas’uliyat bilan o‘z fikr va takliflarini bildirib, ta’lim sifatini oshirishga o‘z hissa qo‘shmoqda. Bu esa universitetning ta’lim jarayonini takomillashtirish, innovatsion metodlarni joriy etish va talabalarga yuqori sifatli ta’lim berishdagi o‘ziga xos yondashuvini namoyon etadi.
So‘rovnomada qatnashish va o‘z fikringizni bildirish orqali siz ham ta’lim sifatini oshirishga bevosita hissa qo‘shishingiz mumkin: https://survey.hemis.uz/
Ta’lim sifatini oshirish — barchamizning umumiy maqsadimiz!