
Farg‘ona davlat universiteti,Tasviriy san’at kafedrasi katta o‘qituvchisi Boboyeva Zulfiya Akbarjonovna universitet huzuridagi PhD ilmiy darajasini beruvchi Ilmiy Kengashida o‘zining falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi.
Dissertatsiya mavzusi:“Yangi O‘zbekistonda uzluksiz ma’naviy tarbiya tizimida san’at omili: ijtimoiy-falsafiy tahlil”
Ushbu ish 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa ixtisosligi bo‘yicha tayyorlangan bo‘lib, ilmiy kengash tomonidan yuqori baholandi. Dissertatsiya PhD.03/2025.27.12.F.10.02 raqamli qaror bilan tasdiqlandi.
Dissertatsiyada zamonaviy O‘zbekistonda ma’naviy tarbiya jarayonida san’atning o‘rni va roli chuqur tahlil qilinib, uning jamiyat hayotidagi ijtimoiy-falsafiy ahamiyati yoritilgan. Tadqiqotda san’at orqali shaxsning ma’naviy va estetik rivojlanishi, uzluksiz ta’lim tizimida san’atning integratsiyasi, hamda madaniy merosning yosh avlod tarbiyasidagi roli haqida ilmiy xulosalar berilgan.
Boboyeva Zulfiya Akbarjonovnaning ushbu yutuqi nafaqat tasviriy san’at sohasida, balki ijtimoiy falsafa va ma’naviy tarbiya tizimida ham yangi ilmiy istiqbollarni ochadi. Uning ishi nafaqat akademik hamjamiyat tomonidan yuqori baholandi, balki yosh tadqiqotchilar uchun ham muhim ilmiy yo‘l-yo‘riq bo‘lib xizmat qiladi.