Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 483
  • Ko`rib chiqilganlar 448
    • Takliflar 60
    • Arizalar 374
    • Shikoyatlar 49
  • Ko`rib chiqilmoqda 35

ILMIY XABAR

15:35, 27.01.2026      

Farg’ona davlat universitetining Filologiya fakulteti, Tilshunoslik kafedrasi katta o‘qituvchisi Shuxratova Yulduzxon Shakarbek qizi tomonidan tayyorlangan ilmiy tadqiqot ishi muvaffaqiyatli himoya qilindi.

Tadqiqotchi 10.00.01 – O‘zbek tili ixtisosligi bo‘yicha “Sintaktik sathda o‘xshatish va tarz munosabatlarining ifodalanishi” mavzusidagi dissertatsiyasini filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etdi.

Dissertatsiya himoyasi Farg‘ona davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02 raqamli Ilmiy kengash majlisida bo‘lib o‘tdi. Ilmiy ish kengash a’zolari tomonidan atroflicha muhokama qilinib, tadqiqotning dolzarbligi, nazariy va amaliy ahamiyati yuqori baholandi.

Himoya yakunlariga ko‘ra, dissertatsiya 100 foiz ovoz bilan qo‘llab-quvvatlanib, Shuxratova Yulduzxon Shakarbek qiziga filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Mazkur ilmiy ish o‘zbek tilshunosligida sintaktik munosabatlar, xususan, o‘xshatish va tarz munosabatlarining ifodalanish vositalarini chuqur tahlil qilgani bilan ahamiyatli bo‘lib, kelgusida tilshunoslik tadqiqotlari hamda ta’lim jarayonida muhim manba bo‘lib xizmat qilishi kutilmoqda.