Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 483
  • Ko`rib chiqilganlar 448
    • Takliflar 60
    • Arizalar 374
    • Shikoyatlar 49
  • Ko`rib chiqilmoqda 35

MA’RIFIY O‘QUV MASHG‘ULOTI TASHKIL ETILDI

15:37, 27.01.2026      

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti II mintaqaviy hududi 10-son tergov hibsxonasida navbatdagi muhim ma’rifiy o‘quv mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.

Mazkur mashg‘ulotni Farg’ona davlat universitetining Harbiy ta’lim fakulteti dotsent, rezervdagi podpolkovnik Mamadolimov Azimjon Xasanboyevich olib bordi. O‘quv mashg‘uloti davomida davlat xizmatida boshqaruv samaradorligini oshirish, rahbar xodimlarning mas’uliyati, shuningdek, zamonaviy boshqaruv yondashuvlari va ilg‘or tajribalar xususida batafsil ma’lumotlar berildi.

Mashg‘ulot jarayonida xizmat faoliyatini yanada takomillashtirish, jamoa bilan ishlash madaniyati, qaror qabul qilishda tahliliy yondashuvning ahamiyati hamda yetakchilik fazilatlarini rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Keltirilgan nazariy bilimlar real hayotiy misollar va amaliy tavsiyalar bilan boyitilib, tinglovchilar uchun yanada tushunarli va samarali tarzda yetkazildi.

Tadbirda ishtirok etgan xodimlar mashg‘ulotni katta qiziqish bilan qabul qildilar, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar oldilar hamda bildirilgan fikr-mulohazalar mashg‘ulot mazmunini yanada boyitdi.

Bunday ma’rifiy o‘quv mashg‘ulotlari xodimlarning kasbiy salohiyatini oshirish, xizmat faoliyatida mas’uliyat va samaradorlikni kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.