Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 483
  • Ko`rib chiqilganlar 448
    • Takliflar 60
    • Arizalar 374
    • Shikoyatlar 49
  • Ko`rib chiqilmoqda 35

KARYERA VA BIZNES MARAFONI

15:40, 28.01.2026      



Bugungi mehnat bozorida nazariy bilim bilan bir qatorda amaliy tajriba va to‘g‘ri yo‘naltirish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu maqsadda farg'ona davlat universitetining Sport faoliyati fakultetida “Karyera va biznes marafoni kuni” tadbiri tashkil etildi. Tadbir talabalarning bandligini ta’minlash, ularni ish beruvchilar bilan bevosita bog‘lash hamda kelajak kasbiy faoliyatiga puxta tayyorlashga qaratildi.

Marafon davomida talabalarga amaliyot o‘rinlari, bo‘sh ish o‘rinlari va mehnat bozoridagi real takliflar taqdim etildi. Ishtirokchilar ish beruvchilar bilan ochiq muloqot qilib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga bevosita javob olish imkoniga ega bo‘ldilar.

Tadbirda davlat tashkilotlari, bank sohasi vakillari, yetakchi mutaxassislar va turli soha ekspertlari ishtirok etib, bitiruvchi talabalarga:

zamonaviy ish bozoridagi talablar,

muvaffaqiyatli karyera qurish yo‘llari,

ishga joylashishda e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan muhim jihatlar,

haqida atroflicha ma’lumot berdilar.

Shuningdek, marafon doirasida talabalarning tashabbuskorligi, o‘z ustida ishlashi va kasbiy rivojlanishi kelajak muvaffaqiyatining muhim omili ekani alohida ta’kidlandi. Bunday tadbirlar yoshlarning mehnat bozoriga moslashuvi, raqobatbardosh kadr bo‘lib yetishishida muhim platforma vazifasini bajaradi.

“Karyera va biznes marafoni kuni” talaba-yoshlar uchun kelajak sari dadil qadam bo‘lib, ularning kasbiy yo‘lini aniqlashda muhim ahamiyat kasb etdi.