Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 483
  • Ko`rib chiqilganlar 448
    • Takliflar 60
    • Arizalar 374
    • Shikoyatlar 49
  • Ko`rib chiqilmoqda 35

FARDUDA “HULT PRIZE” MUSOBAQASINING UNIVERSITET BOSQICHI BO‘LIB O‘TDI

15:45, 28.01.2026      

Farg’ona davlat universitetida Ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘limi tomonidan “Hult Prize” musobaqasining universitet bosqichi muvaffaqiyatli tashkil etildi. Tadbir Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli xati hamda universitet rektorining buyrug‘i asosida o‘tkazildi va yosh iqtidorlarni rag‘batlantirish, ularning startap g‘oyalarini amaliy loyihalarga aylantirishga qaratildi.

Musobaqada universitetning turli fakultetlaridan tuzilgan 8 ta jamoa ishtirok etdi. Har bir jamoa o‘zining innovatsion startap loyihasini taqdim etib, ijodiy yondashuv, amaliy yechim va biznes potentsialini namoyish qildi. Tadbir davomida ishtirokchilar nafaqat bir-birining loyihalarini baholash, balki ekspertlar bilan maslahatlashish imkoniga ega bo‘ldilar.

Musobaqa yakunida g‘oliblar quyidagicha aniqlandi:

“Green Mind” — Fizika-matematika fakulteti jamoasi, ekologik innovatsion yechimlari bilan eng yuqori bahoga sazovor bo‘ldi.

“Manuscript AI” — Tarix fakulteti, tarixiy ma’lumotlarni sun’iy intellekt orqali tahlil qilish bo‘yicha ijodiy loyiha bilan taqdirlandi.

“Edu Games” — Ingliz tili va adabiyoti fakulteti, ta’limni o‘yin shaklida interaktiv qilish g‘oyasi bilan faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Tadbirda faol ishtirok etgan barcha jamoalar sertifikatlar bilan taqdirlandi, bu esa ularni kelajakdagi startap loyihalari va ilmiy ishlar uchun motivatsiya sifatida xizmat qiladi.

“Hult Prize” universitet bosqichi nafaqat talabalar ijodkorligini rag‘batlantirdi, balki FarDUda startap va innovatsion g‘oyalarni rivojlantirishga qaratilgan kuchli platforma ekanligini yana bir bor isbotladi. Universitetning ilmiy-innovatsion muhitini yanada rivojlantirish uchun bunday tadbirlar davom ettiriladi.