

Farg‘ona davlat universiteti (FarDU) talabalari BICHO–2026 — “Bukhara International Chemistry Olympiad” nufuzli xalqaro kimyo olimpiadasida muvaffaqiyatli ishtirok etib, yuksak natijalarni qo‘lga kiritishdi.
Olimpiada 2026-yil 26–28-yanvar kunlari Buxoro shahrida bo‘lib o‘tdi va unda turli davlatlardan kelgan iqtidorli talabalar o‘z bilim va tajribalarini sinovdan o‘tkazdilar.
Musobaqa natijalari bo‘yicha FarDU jamoasi quyidagi yutuqlarga erishdi:
2 ta kumush medal
2 ta bronza medal
G‘oliblar:
FarDU talabalari va ularni tayyorlagan ustozlarni ushbu yutuq bilan samimiy tabriklaymiz! Bu muvaffaqiyat nafaqat talabalarning shaxsiy mehnati va bilimini namoyish etdi, balki universitetning ilmiy salohiyati va yosh olimlarni qo‘llab-quvvatlashdagi faoliyatini ham ko‘rsatdi.
Ushbu yutuq kelajakdagi xalqaro musobaqalarda ham FarDU jamoasining muvaffaqiyat sari intilishini yanada kuchaytiradi va yosh olimlarimiz uchun motivatsiya manbai bo‘ladi.