

Fargʻona viloyati hokimi kubogi doirasida boʻlib oʻtgan navbatdagi bahs yakuniga yetdi. Tomoshabinlar katta qiziqish bilan kuzatgan ushbu uchrashuvda Fargʻona davlat universiteti jamoasi (FARDU) raqibi — “Havokand” jamoasini ishonchli tarzda 5:1 hisobida magʻlub etdi.
Uchrashuv davomida FARDU futbolchilari yuqori texnik mahorat, jamoaviy uygʻunlik va gʻalabaga boʻlgan kuchli ishtiyoqni namoyish etdi. Oʻyin boshidan oxirigacha tashabbusni qoʻldan bermagan universitet jamoasi hujumkor futboli bilan muxlislar olqishiga sazovor boʻldi.
Gollar mualliflari:
Sohib Muhammadiyev
Murodjon Komilov — dubl
Sanjar Zokirov
Nodirbek Karimov
Ayniqsa, Murodjon Komilovning ikki bor aniq zarbasi uchrashuvning burilish nuqtalaridan biri bo‘ldi. Jamoaning har bir a’zosi maydonda bor kuchini sarflab, g‘alabaga munosib hissa qo‘shdi.
Mazkur ishonchli gʻalaba FARDU jamoasining musobaqadagi imkoniyatlarini yanada mustahkamlab, keyingi bosqichlar oldidan katta ruhiy ustunlik bagʻishladi. Jamoa oldiga qoʻyilgan oliy maqsad — kubok uchun kurashni davom ettirish va universitet shaʼnini munosib himoya qilishdir.
FARDU sportchilari va murabbiylar shtabini yorqin gʻalaba bilan tabriklaymiz! Oldinda yana qiziqarli va murosasiz bahslar kutmoqda.