
Farg‘ona davlat universitetida professor-o‘qituvchilarning siyosiy-huquqiy bilimlarini oshirish, ularning mamlakatda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar haqidagi xabardorligini kuchaytirish maqsadida siyosiy-ma’rifat soatlari muntazam ravishda tashkil etib kelinmoqda. Ushbu mashg‘ulotlar ta’lim muassasasida sog‘lom ijtimoiy-siyosiy muhitni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Xususan, so‘nggi haftalarda Agrar qo‘shma fakulteti, Tabiiy fanlar fakulteti hamda Jismoniy madaniyat fakultetida o‘tkazilgan siyosiy-ma’rifat soatlari yuqori saviyada, mazmunli muhokamalar asosida tashkil etildi. Unda professor-o‘qituvchilar faol ishtirok etib, dolzarb mavzular yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.


Shuningdek, so‘nggi haftalarda davlat siyosatida muhim ahamiyat kasb etayotgan yo‘nalishlar — yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, bandlikni ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, mahallalarda ijtimoiy muhitni yaxshilash, korrupsiyaga qarshi kurash va ochiq-oshkoralikni ta’minlash masalalari yuzasidan ham tushuntirishlar berildi. Bu borada qabul qilinayotgan qaror va tashabbuslarning mazmun-mohiyati professor-o‘qituvchilarga yetkazildi.
Siyosiy-ma’rifat soatlari ochiq muloqot ruhida o‘tib, ishtirokchilarni bevosita jamiyat hayotida faol bo‘lishga, yoshlar ongida vatanparvarlik va fuqarolik mas’uliyatini yanada kuchaytirishga undashi bilan ahamiyatli bo‘ldi.