Ishonch telefoni:
(+99873) 244-44-15



Farg’ona davlat universitetining Agrar qo‘shma fakultetida talabalarning kelajak kasbiy faoliyatini puxta rejalashtirish, ularni mehnat bozoriga tayyorlash hamda bandligini ta’minlashga qaratilgan muhim tadbir — “Karyera va biznes marafoni kuni” o‘tkazildi.
Mazkur tadbir yosh mutaxassislarning bilim va ko‘nikmalarini real ish beruvchilar talablari bilan uyg‘unlashtirish, ularni soha yetakchilari bilan bevosita muloqotga chorlash hamda amaliy tajriba almashish uchun samarali platforma vazifasini bajardi. Tadbir davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan bevosita javob olish, bo‘sh ish o‘rinlari, amaliyot va stajirovka imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.
“Karyera va biznes marafoni kuni”da bir qator nufuzli tashkilot va muassasalar vakillari ishtirok etdi. Jumladan, davlat tashkilotlari, Respublika agroxizmatlar markazi Farg‘ona viloyati hududiy bo‘limi, Farg‘ona viloyati Fermerlar kengashi, “Fergana Franse” MCHJ, Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, shuningdek, Farg‘ona viloyati hayvonlar kasalliklari va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markazi rahbarlari hamda yetakchi mutaxassislari faol ishtirok etdilar.
Tadbir davomida ish beruvchilar tomonidan agrar sohada talab yuqori bo‘lgan kasblar, zamonaviy yondashuvlar, innovatsion loyihalar va tadbirkorlik imkoniyatlari haqida taqdimotlar o‘tkazildi. Bu esa talabalarda kasb tanlashda aniq maqsad shakllanishi, o‘z ustida ishlash va raqobatbardosh mutaxassis bo‘lib yetishish uchun kuchli motivatsiya uyg‘otdi.
Shubhasiz, bunday tadbirlar ta’lim muassasalari va ishlab chiqarish o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, bitiruvchilarning bandligini ta’minlash hamda mamlakatimiz agrar sohasiga malakali kadrlar yetkazib berishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Iltimos, kuting. Yuklanyapti...
Iltimos, kuting. Yuklanyapti...