Ishonch telefoni:
(+99873) 244-44-15

Farg‘ona davlat universiteti Tabiiy fanlar fakulteti talabalari uchun ma’naviy-ma’rifiy ahamiyatga ega bo‘lgan navbatdagi tadbir — universitet muzeyiga sayohat tashkil etildi. Ushbu tashrif fakultet guruh murabbiylari M. Dehqonboyeva va X. Abduvaliyev boshchiligida o‘tkazildi.
Sayohat davomida talabalar Farg‘ona davlat universitetining boy va sharafli tarixi, ta’lim va ilm-fan sohasida erishilgan yutuqlari, shuningdek, yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan mashhur bitiruvchilari haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘lishdi. Muzeyda namoyish etilgan tarixiy hujjatlar, suratlar va eksponatlar yoshlarni universitetning o‘tgan yo‘li va bugungi nufuzli o‘rni bilan yaqindan tanishtirdi.
Mazkur tashrif talabalarda o‘z oliy ta’lim muassasasiga nisbatan faxr va mas’uliyat tuyg‘ularini yanada mustahkamlab, ilm olishga bo‘lgan qiziqish va intilishlarini kuchaytirdi. Ayniqsa, ustozlar va bitiruvchilarning muvaffaqiyatli hayot yo‘li yoshlar uchun katta motivatsiya va ilhom manbai bo‘ldi.
Shubhasiz, bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar talabalarning bilim doirasini kengaytirish, tarixiy xotirani asrash va yuksak intellektual salohiyatga ega mutaxassislarni tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Iltimos, kuting. Yuklanyapti...
Iltimos, kuting. Yuklanyapti...