Ishonch telefoni:
(+99873) 244-44-15


Farg‘ona davlat universitetida talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning qobiliyat va iqtidorini ro‘yobga chiqarish hamda to‘garaklar faoliyati samaradorligini yanada oshirish masalalariga bag‘ishlangan muhim yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda universitetda faoliyat yuritayotgan 100 ga yaqin to‘garaklar ishini takomillashtirish bilan bog‘liq dolzarb masalalar atroflicha muhokama qilindi.
Yig‘ilish davomida to‘garaklar faoliyatini rivojlantirishning asosiy maqsadi — talabalarning darsdan tashqari vaqtini mazmunli va samarali tashkil etish, ularning ilmiy, ijodiy hamda sport salohiyatini yuzaga chiqarishdan iborat ekani alohida ta’kidlandi. Shu bilan birga, to‘garaklar yoshlar o‘rtasida bo‘sh vaqt noto‘g‘ri tashkil etilishi oqibatida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan huquqbuzarliklarning oldini olishda muhim tarbiyaviy omil ekanligi qayd etildi.
Shuningdek, yig‘ilishda qayta taqsimlash granti jarayonida to‘garaklarda faol ishtirok etayotgan talabalarga 20 ball berilishi, ushbu baholash tizimi maxsus elektron platforma orqali shaffof va adolatli nazorat qilinishi ma’lum qilindi. Bu esa talabalarning to‘garaklardagi faolligini oshirish, ularni ijtimoiy hayotga yanada kengroq jalb etishga xizmat qilishi ta’kidlandi.
Bugungi kunda Farg‘ona davlat universitetida to‘garaklar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash orqali talabalarning ijodiy tafakkuri, ilmiy izlanishlarga bo‘lgan qiziqishi va sportdagi yutuqlarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ushbu yo‘nalishdagi tizimli ishlar yoshlarning har tomonlama yetuk, tashabbuskor va raqobatbardosh mutaxassis bo‘lib shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Iltimos, kuting. Yuklanyapti...
Iltimos, kuting. Yuklanyapti...