Ishonch telefoni:
(+99873) 244-44-15

Farg‘ona davlat universiteti ning Harbiy ta’lim fakultetida o‘zbek mumtoz adabiyotining ulug‘ namoyandasi, so‘z mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Mazkur tadbir buyuk ajdodimizning bebaho ilmiy-adabiy merosini keng targ‘ib etish, yoshlar qalbida milliy o‘zlik, vatanparvarlik va yuksak ma’naviyat tuyg‘ularini yanada mustahkamlash maqsadida o‘tkazildi. Tadbirda fakultet professor-o‘qituvchilari, talabalar hamda adabiyot ixlosmandlari faol ishtirok etdilar.
Ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvda Farg‘ona davlat universiteti Filologiya fakulteti O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi katta o‘qituvchisi, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Mohinur Qurbonova o‘zining mazmunli va ilmiy asoslangan ma’ruzalari bilan qatnashdi. U kishi Alisher Navoiyning hayot yo‘li, ijodiy faoliyati, asarlarida ilgari surilgan insonparvarlik, adolat, komil inson g‘oyalari haqida atroflicha to‘xtalib o‘tdi.
Ma’ruza davomida Navoiy ijodining bugungi kun yoshlari uchun naqadar dolzarb ekani, uning asarlari orqali axloqiy tarbiya, ma’naviy poklik va ilmga intilish g‘oyalari targ‘ib qilindi. Shuningdek, buyuk mutafakkirning ona tilimiz rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi, adabiy merosining jahon tamaddunidagi o‘rni alohida e’tirof etildi.
Tadbir ishtirokchilarida Alisher Navoiy siymosiga bo‘lgan qiziqish yanada ortib, milliy qadriyatlarimizga hurmat va ehtirom tuyg‘usi kuchaydi. Yoshlar buyuk ajdodimiz qoldirgan boy merosdan saboq olib, o‘z hayot yo‘llarida yuksak maqsadlar sari intilish zarurligini yana bir bor anglab yetdilar.
Iltimos, kuting. Yuklanyapti...
Iltimos, kuting. Yuklanyapti...