Ishonch telefoni:
(+99873) 244-44-15


Farg‘ona davlat universitetida talaba-qizlarning ilm-fanga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning ijodiy va intellektual salohiyatini yuzaga chiqarish maqsadida “Ilmda mening orzularim” mavzusida rasmlar tanlovi tashkil etildi. Mazkur tanlov universitetning Tabiiy fanlar fakulteti hamda Pedagogika-psixologiya va san’atshunoslik fakulteti talaba-qizlari ishtirokida yuqori saviyada o‘tkazildi.
Tanlov davomida ishtirokchilar o‘z ijodiy ishlari orqali ilm-fanga bo‘lgan qiziqishlari, kelajakdagi orzu-maqsadlari, tanlagan kasblariga bo‘lgan ishonchi hamda yutuqlarga intilishlarini ranglar va obrazlar orqali mahorat bilan ifoda etdilar. Har bir rasmda izlanish, ilmga muhabbat va kelajakka bo‘lgan qat’iy ishonch mujassam bo‘ldi.
Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchilari boshchiligida tashkil etilgan mazkur tanlovda fakultetning barcha talaba-qizlari faol ishtirok etdilar. Tadbir talaba-qizlarning ijodiy fikrlashini rivojlantirish, ularni ilmiy faoliyatga kengroq jalb etish hamda o‘z qobiliyatlarini erkin namoyon etishga undashga xizmat qildi.
Tanlov yakunida ishtirokchilarning ishlari hakamlar hay’ati tomonidan baholanib, fakultet bosqichidagi g‘oliblar aniqlandi va ularning ijodiy izlanishlari munosib e’tirof etildi.
Iltimos, kuting. Yuklanyapti...
Iltimos, kuting. Yuklanyapti...