

Chet tillari fakultetida talaba-qizlar o‘rtasida “Ilmda mening orzularim” mavzusida rasmlar tanlovining fakultet bosqichi katta qiziqish va iliq muhitda o‘tkazildi. Tadbir ishtirokchilari o‘z ilmiy maqsadlari va kelajakdagi orzularini ranglar va tasvirlar orqali ifodalash imkoniga ega bo‘ldilar, har bir rasm esa talabalarning ijodiy tafakkuri va dunyoqarashini o‘zida aks ettirdi.
Tanlov natijalariga ko‘ra quyidagi talabalar eng yuqori bahoga sazovor bo‘ldilar:
1-o‘rin: Filologiya va tillarni oʻqitish – ingliz tili yoʻnalishi talaba-qizi R.Nabiyeva
2-o‘rin: Filologiya va tillarni oʻqitish – ingliz tili yoʻnalishi talaba-qizi K.Asqarova
3-o‘rin: Filologiya va tillarni oʻqitish – ingliz tili yoʻnalishi talaba-qizi M.Qahhorova.
Iqtisodiyot fakulteti talaba-qizlari ham faol ishtirok etib, ilmga bo‘lgan qiziqishlarini ranglar, shakl va tasvirlar orqali o‘ziga xos tarzda namoyon etdilar. Har bir ijodiy ish nafaqat shaxsiy maqsad va orzularni, balki innovatsion fikrlar va zamonaviy dunyoqarashni ham ochib berdi.
Mazkur tadbirning asosiy maqsadi — talaba-qizlarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, ularni ilm-fanga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish va universitetning turli fakultetlari o‘rtasida hamkorlik ruhini mustahkamlash edi. Shuningdek, tanlov orqali talabalarga o‘z orzularini ifodalash va kelajakdagi ilmiy yo‘nalishlarini tasavvur qilish imkoniyati yaratildi.
Tanlov yakunida eng faol ishtirok etgan va eng yaxshi ijodiy ishlari bilan ajralib turgan talaba-qizlar universitet bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi. Bu esa ularning ilmiy va ijodiy faoliyatini yangi bosqichga olib chiqish, yangi g‘oyalar va loyihalarni amalga oshirish imkoniyatini yaratdi.