


Farg’ona davlat universitetining Filologiya fakultetida “Talabalar xavfsizligi kuni” doirasida yoshlarni turli tahdidlardan asrash, ularning huquqiy ongi va mafkuraviy immunitetini mustahkamlashga qaratilgan muhim profilaktik tadbir tashkil etildi.
Tadbirda Din ishlari boʼyicha qoʼmitaning Fargʼona shahar boʼlimi bosh mutaxassisi I. Mirzaahmedov, Fargʼona shahar Maʼnaviyat boʼlimi targʼibot guruhi aʼzosi А. Yulchiyev, shuningdek, filologiya fakultetining 1-bosqich rus tili yoʼnalishi talabalari faol ishtirok etdilar.
Uchrashuv davomida diniy ekstremizm, terrorizm va missionerlik gʼoyalarining oldini olish, shuningdek, huquqbuzarlik va jinoyatchilikka qarshi kurashish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Mutaxassislar tomonidan yoshlarni ogohlikka chaqirish, turli yot gʼoyalarning salbiy oqibatlari, ularga qarshi maʼrifiy yondashuvning ahamiyati haqida keng tushuntirish ishlari olib borildi.
Tadbirlar davomida filologiya fakultetining 1-bosqich rus tili yoʼnalishi talabalari ishtirokida “Huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, giyohvandlik hamda psixotrop moddalar savdosi va isteʼmoli uchun javobgarlik” mavzusida alohida uchrashuv ham tashkil etildi.
Unda profilaktika inspektori, podpolkovnik Sh. Ulugʼxoʼjaeva maʼruzachi sifatida ishtirok etib, yoshlar eʼtiborini quyidagi muhim masalalarga qaratdi:
Qonun ustuvorligi — amaldagi qonunchilikda belgilangan maʼmuriy va jinoiy javobgarlik choralari;
Ogohlik — giyohvandlik va psixotrop moddalarning yoshlar salomatligi, ijtimoiy hayoti va kelajagiga koʼrsatayotgan salbiy taʼsiri;
Profilaktika — salbiy illatlardan yiroq boʼlish, sogʼlom turmush tarzini shakllantirish va huquqiy savodxonlikni oshirishning ahamiyati.
Muloqot davomida talabalarni qiziqtirgan savollarga mutaxassis tomonidan batafsil javoblar berildi, hayotiy misollar orqali mavzu yanada tushunarli va taʼsirchan yetkazildi.