Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 502
  • Ko`rib chiqilganlar 468
    • Takliflar 61
    • Arizalar 392
    • Shikoyatlar 49
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

BUYUK NAVOIY: ILM, IJOD VA ILHOM

13:48, 09.02.2026      

Buyuk shoir, mutafakkir va davlat arbobi Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi munosabati bilan Farg‘ona davlat universitetida talaba-yoshlar ishtirokida qator ilmiy, ijodiy va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda. Ushbu tadbirlar Navoiy merosini keng targ‘ib etish, yoshlar ongida milliy o‘zlik va ma’naviy qadriyatlarga bo‘lgan e’tiborni kuchaytirishga xizmat qilmoqda.

Jumladan, Fizika-matematika fakultetida Alisher Navoiy ijodiga bag‘ishlangan “Alisher Navoiy — g‘azal mulkining sultoni” mavzusida insholar tanlovi o‘tkazildi. Tanlovda talabalar o‘z bilimlari, ijodkorligi va yozma nutq mahoratini namoyon etib, buyuk mutafakkir ijodini zamonaviy qarashlar asosida yoritishga intildilar. Natijada eng mazmunli, savodli va ijodiy yondashilgan insholar saralab olinib, keyingi bosqichga tavsiya etildi.

Shuningdek, Tarix fakultetida “Alisher Navoiy — so‘z mulkining sultoni” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda talabalar hamda professor-o‘qituvchilar faol ishtirok etib, buyuk shoir ijodining bugungi kundagi ahamiyati yuzasidan fikr almashdilar. Tadbir davomida Filologiya fakulteti dotsenti - Alimova Zarifaxon tomonidan “Alisher Navoiyning bebaho adabiy merosi, uning asarlarida ilgari surilgan yuksak ma’naviy-axloqiy g‘oyalar hamda yoshlar tarbiyasidagi o‘rni” mavzusida mazmunli ma’ruza qilindi.

Mazkur tadbirda talaba-yoshlar ham faol ishtirok etib, Alisher Navoiy hayoti va ijodiga oid qiziqarli ma’lumotlar bilan o‘rtoqlashdilar, shoir ijodidan g‘azallar, ruboiy va tuyuqlarni ifodali tarzda o‘qib berdilar. Ushbu chiqishlar tadbirga alohida badiiy ruh bag‘ishladi.

Navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir universitetining 6-talabalar turar joyida tashkil etildi. Unda adabiyotshunoslik kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan “Alisher Navoiyning ilm-fan hamda davlat boshqaruvidagi o‘rni” mavzusida mazmunli ma’ruzalar va tahliliy fikrlar bildirildi. Ilmiy hamda badiiy asarlarda ushbu buyuk siymoning badiiy qiyofasi, ularning tarixiy va ma’naviy merosi yuzasidan qiziqarli mulohazalar o‘rtaga tashlandi.

Mazkur tadbirlar Alisher Navoiy merosining bugungi avlod uchun beqiyos ahamiyatga ega ekanini yana bir bor namoyon etdi.