Ishonch telefoni:
(+99873) 244-44-15


Mumtoz adabiyotimizning zabardast namoyandasi Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi munosabati bilan Filologiya fakultetining Tilshunoslik kafedrasida “Alisher Navoiy – so‘z mulkining sohibqironi” mavzusida ilmiy-ma’rifiy anjuman tashkil etildi.
Mazkur anjuman Navoiy ijodiy merosini chuqur o‘rganish, uning o‘zbek adabiy tili va milliy tafakkur taraqqiyotidagi beqiyos xizmatlarini ilmiy asosda yoritishga bag‘ishlandi. Tadbir davomida soha mutaxassislari, professor-o‘qituvchilar hamda tadqiqotchilar tomonidan Alisher Navoiy asarlarida til va tafakkur uyg‘unligi, badiiy-estetik qarashlar, ma’naviy-axloqiy g‘oyalar keng tahlil qilindi.
Anjumanda ta’kidlanganidek, Navoiy nafaqat buyuk shoir, balki o‘zbek adabiy tilining shakllanishi va rivojida muhim o‘rin tutgan mutafakkir sifatida ham bebaho meros qoldirgan. Uning asarlari bugungi kunda ham ilmiy izlanishlar uchun mustahkam manba bo‘lib xizmat qilmoqda.


Tadbir doirasida Alisher Navoiy tavalludiga bag‘ishlangan ilmiy maqolalar to‘plami nashr etilib, unda professor-o‘qituvchilar, ilmiy tadqiqotchilar hamda yosh izlanuvchilarning dolzarb ilmiy izlanishlari jamlandi. Ushbu to‘plam Navoiyshunoslik yo‘nalishidagi tadqiqotlarni yanada boyitishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.
Shuningdek, fakultet tashabbusi bilan ilm-fan va ijodda faol, iqtidorli talabalarga bir martalik Alisher Navoiy stipendiyasi tantanali ravishda topshirildi. Ushbu rag‘bat yoshlarning mumtoz adabiyot va tilshunoslikka bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning ilmiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash hamda kelajakdagi ilmiy izlanishlariga turtki berish maqsadini ko‘zlaydi.
Anjuman ishtirokchilari bunday ilmiy-ma’rifiy tadbirlar buyuk ajdodlarimiz merosini chuqur o‘rganish, yosh avlod qalbida milliy g‘urur va ma’naviy mas’uliyatni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etishini alohida ta’kidlab o’tildi.
Iltimos, kuting. Yuklanyapti...
Iltimos, kuting. Yuklanyapti...