Ishonch telefoni:
(+99873) 244-44-15

Farg‘ona davlat universitetida xalqaro hamkorlikni yanada mustahkamlash, ta’lim va ilm-fan integratsiyasini rivojlantirish maqsadida Moskva davlat universiteti dotsenti, geografiya fanlari nomzodi Antonov Yevgeniy Viktorovich ishtirokida qator ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi.
Mazkur mashg‘ulotlar universitetning Geografiya yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ular davomida talabalarning nazariy bilimlarini amaliy jihatdan mustahkamlash, zamonaviy geografik yondashuvlar va xalqaro tajribalar bilan tanishtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, 1-bosqich talabalari “Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya”, 2-bosqich talabalari esa “Jahon geografiyasi” fanlari doirasida dolzarb mavzular yuzasidan chuqurlashtirilgan bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lmoqda.
Ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar interaktiv tarzda o‘tkazilib, talabalar tomonidan qizg‘in savol-javoblar, muhokamalar va tahliliy yondashuvlar bilan boyitilmoqda. Bu esa ularning fanga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga xizmat qilmoqda.
Shuningdek, tashrif doirasida universitetning professor-o‘qituvchilari uchun ilmiy salohiyatni oshirishga qaratilgan seminar va mahorat darslari ham tashkil etildi. Unda xalqaro ilmiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, qo‘shma loyihalarda ishtirok etish, shuningdek, Scopus va boshqa nufuzli xalqaro ilmiy bazalarda indekslangan jurnallarda ilmiy maqolalar chop etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.
Mazkur tadbirlar Farg‘ona davlat universitetining xalqaro miqyosdagi nufuzini oshirish, ta’lim sifati va ilmiy faoliyat samaradorligini yuksaltirmoqda
Iltimos, kuting. Yuklanyapti...
Iltimos, kuting. Yuklanyapti...