Ishonch telefoni:
(+99873) 244-44-15


Buyuk mutafakkir, so‘z mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi munosabati bilan viloyatimizda keng ko‘lamli ma’naviy-ma’rifiy va bayram tadbirlari tashkil etilmoqda. Ushbu tadbirlar milliy ma’naviyatimizni yuksaltirish, boy adabiy merosimizni asrab-avaylash va uni yosh avlod ongiga chuqur singdirishga xizmat qilmoqda.
Tadbirlar doirasida Alisher Navoiy ramziy siymosi poyiga gul qo‘yish marosimi o‘tkazilib, bobokalonimiz xotirasi yuksak hurmat va ehtirom bilan yod etildi. Shundan so‘ng, mutafakkir shoir tavalludining 585 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda Farg‘ona davlat universiteti jamoasi ham faol ishtirok etib, ma’naviy tashabbuslarni qo‘llab-quvvatladi.


Tadbir davomida Alisher Navoiy ijodining bugungi jamiyat, ayniqsa yoshlar tarbiyasidagi beqiyos o‘rni alohida ta’kidlandi. Bunday ma’naviyat tadbirlari yosh avlodni barkamol, ma’rifatli va yetuk insonlar etib tarbiyalashda, shuningdek, buyuk ajdodlarimizdan meros bo‘lib qolgan boy ma’naviy xazinamizni asrab-avaylashda muhim ahamiyat kasb etishi qayd etildi.
Bayram tadbirlarini har yili ana shunday ko‘tarinki ruhda, barcha tashkilot va muassasalar hamkorligida nishonlab borish, bu an’anani kelajak avlodlarga yetkazish zarurligiga ham e’tibor qaratildi. Bu esa Alisher Navoiy siymosiga bo‘lgan cheksiz hurmat va e’tiborning uzviy davomiyligini ta’minlaydi.
Shuningdek, tadbir davomida so‘z mulkining sultoni Alisher Navoiyning hayoti va ijodini aks ettiruvchi sahna ko‘rinishlari, shoirning boy adabiy merosini tarannum etuvchi g‘azal va ruboiylar, shuningdek mumtoz kuy-qo‘shiqlar namoyish etilib, yig‘ilganlarga yuksak ma’naviy zavq bag‘ishladi.
Mazkur bayram tadbiri Alisher Navoiy merosining bugungi avlod hayotidagi o‘rni naqadar muhim ekanini yana bir bor namoyon etib, ishtirokchilarda milliy adabiyotimiz va ma’naviyatimizga bo‘lgan faxr tuyg‘ularini yanada mustahkamladi.
Iltimos, kuting. Yuklanyapti...
Iltimos, kuting. Yuklanyapti...